Foydali ma'lumotlar

Kadastr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5984-son Farmoniga asosan bu qoida olib tashlangan.

Ijara to‘g‘risidagi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va ijara shartnomasida o‘zga shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijarachi ijaraga olingan mol-mulkni, yer va boshqa tabiiy resurslardan tashqari, ijaraga beruvchining ruxsati bilan ikkilamchi ijaraga topshirishga haqlidir.

Bunda ijaraga oluvchi shartnomaga muvofiq ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘lib qolaveradi.

Hammasini ko'rsatish
Subsidiya

Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

 

Zarur hollarda ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.

 

Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida berishi mumkin.

 

Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritish to‘lovlarsiz (bepul) amalga oshiriladi.

 

Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza yil davomida topshirilishi mumkin.

 

Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali anketa-arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.

 

YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zi kiritadi.

 

Subsidiya quyidagicha ajratiladi:

 

a) kvartiralarni sotib olish uchun:

 

boshlang‘ich badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun boshlang‘ich badal subsidiyasining har yil uchun qat’iy belgilangan miqdorida va birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi;

 

b) yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining birinchi besh yil davomida foizlarini qoplash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.

Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023 yildagi PF-51-son Farmoni.

 

Farmonga muvofiq, 2023-yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori 2022-yilda belgilangan miqdorda saqlab qolinadi. Mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomaga ega bo‘lgan shaxslarga subsidiyalar 2022-yilda amalda bo‘lgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi.

Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023 yildagi PF-51-son Farmoni.

 

Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “Xalqparvar” komissiyalarining axborotiga asosan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy ta’minotdan to‘g‘ridan to‘g‘ri bekor qilish va to‘lovlarni to‘xtatish huquqi beriladi.

Hammasini ko'rsatish