Foydali ma'lumotlar

Bojxona

2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, extiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.

Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlari kengaytiriladi hamda qatʼiy belgilangan bojxona yigʻimlari stavkalari belgilanadi;

ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bogʻliq ayrim turdagi bojxona yigʻimlari bekor qilinib, xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;

tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yigʻimi stavkalari pasaytiriladi;

bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrniga moliyaviy chora sifatida bojxona yigʻimi joriy etiladi.

“Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–443-son, 19.12.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transportlar hamda ichki yonuv dvigateli va tashqi elektr manbai orqali zaryadlanuvchi elektr motori yordamida harakatlanuvchi transportlarni sanoat usulida ishlab chiqarishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi joriy etiladi.

2030-yil 1-yanvargacha:

 respublikada ishlab chiqarilgan elektromobillar va gibrid avtomobillar utilizatsiya yigʻimidan ozod etiladi;

 xorijdan olib kelinadigan elektromobillarning va gibrid avtomobillarning butlovchi qismlari, xomashyo va materiallar, uskunalar va texnologik jihozlarni, shu jumladan servis xizmati koʻrsatish uchun ehtiyot qismlari bojxona bojidan ozod etiladi.

Respublikada ishlab chiqarilgan va ichki bozorda sotilgan, elektromobil va gibrid avtomobillarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan BHMning 1200 baravaridan oshmaydigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kredit muddatining dastlabki 36 oyi davomida kompensatsiya toʻlanadi.

Elektromobillar va gibrid avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish xizmatlarini koʻrsatuvchilar 2030-yil 1-yanvargacha litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.

2023-yil 31-yanvargacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshida Elektromobillar va ularning infratuzilmasi boʻyicha ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.

Hammasini ko'rsatish