Yagona portalga
xush kelibsiz
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona Portal, YIDXP) fuqarolar va tadbirkorlarning davlat xizmatlaridan foydalanish va ular haqida eng zarur ma'lumotlardan foydalanishning yagona nuqtasidir. Yagona Portal xizmatlarining yangi talqinida barcha hizmatlar har bir shaxsga moslashtirilagan va ro`yhatdan o`tgandan so`ng foydalanish imkonini beradi. Buning uchun xizmatlar shaxsiy kabinetlarga (fuqaro va tadbirkorlar) va guruhlarga taqsimlangan.
Qanday foydalanishni boshlash kerak
Elektron xizmatlardan foydalanishni boshlash uchun autentifikatsiya tizimida tasdiqlangan akkauntga ega bo'lishingiz lozim. OneID barcha davlat tizimlari, jumladan,YIDXPdan foydalanish imkoniyaini ta'minlaydi.
Fuqaroning shaxsiy kabinetiga kirish uchun:
  • Identifikatsiya tizimi
    "OneID" yagona identifikatsiya tizimida ro'yxatdan o'ting.
  • Tasdiqlash
    ERI kalitlaridan foydalanib, OneIDdagi akkauntingizni tasdiqlang
  • Kiring va undan foydalaning!
    YIDXP ga kiring va davlat bilan yangi talqinda boshlang.
Tadbirkorning shaxsiy kabinetiga kirish uchun:
  • Identifikatsiya tizimi
    Руководителю организации необходимо зарегистрироваться в Единой системе идентификации «OneID».
  • Yuridik shaxsni qo'shish!
    Yuridik shaxsni yagona identifikatsiya tizimidagi shaxsiy kabinetda qo'shing. Zarur hollarda, Yuridik shaxs nomidan Yagona portalga kira oladigan vakolatli shaxs tayinlanishi mumkin.
  • Yuridik shaxs sifatida kiring
    OneID orqali Yagona Portalga kirganda foydalanuvchi turini tanlang (jismoniy yoki yuridik shaxs).
Elektron raqamli imzo (ERI) ni yagona identifikatsiya tizimida (id.gov.uz) akkauntingizga bog’lash orqali ariza topshirish uchun ERIni talab qiladigan yanada kengroq xizmat turlaridan foydalanish imkoniga ega bo'lasiz.
ERI haqida batafsil ma`lumot
Fuqarolar uchun
davlat xizmatlari
Fuqaro kabinetiga kirib, onlayn tarzda soliq va kommunal xizmatlarida qarzlarning mavjudligi, yo'l harakati qoidalari buzulishi haqidagi jarimalar, shaxsiy nafaqa va sug'urta badallari to'g'risidagi ma'lumotlarni olish mumkin. Bundan tashqari, fuqarolar turli davlat xizmatlari uchun murojaat qilishlari mumkin, masalan: Ko'chmas mulkni sotib olish va sotish bilan bog'liq bitimlarni notarial tasdiqlash, turli guvohnomalar olish (sudlanganlik, maoshni tasdiqlash, ish staji va hokazo), bojxona va boshqa xizmatlar. Xizmat ko’rsatish natijalariga ko’ra, YIDXP orqali elektron hujjat (ma’lumotnoma, guvohnoma, xulosani va hokazo) shaklllantiriladi va repozitoriyga joylashtiriladi, bu orqali hujjatning qog'oz nushasi olish uchun idoralarga borishga hojat qolmaydi.
Ommabop xizmatlar
Tadbirkorlik uchun davlat xizmatlari
Tadbirkorning shaxsiy kabinetida soliqlar to`g`risidagi ma`lumotlarni ko'rish va to'lash, tekshirishlar haqida ma'lumot olish, shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'i hisobotini topshirish, olingan litsenziyalarning muddatini kuzatib borish va muddatini uzaytirish imkoniyati mavjud.
Onlayn tarzda tadbirkorlikni ro'yxatga olish
Biznesni ochish har qachongidan ham osonroq bo'ldi! Buning uchun siz biron-bir joyga borishingizga hojat yo'q, biznesni ro'yxatga olish uchun maxsus tizimda bir necha oddiy qadamni amalga oshiring. Butun jarayon 30 daqiqadan oshmaydi, to'lovning qiymati an'anaviy usulga nisbatan ikki baravar arzon!
Sizda biznes yo'qmi?
Unda oching!
Biznes ochish
Yangi xizmatlar
Ommabop xizmatlar
So'nggi izohlar