Foydali ma'lumotlar

Elektron xarid

Platformalar xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz, e-auksion.uz, xarid.uz O'zbekistonda elektron xaridlarning onlayn platformalari bo'lib, turli tovarlar va xizmatlarni xarid qilish jarayonini osonlashtirish uchun mo'ljallangan.

 

Onlayn xaridlarning afzalliklari:

Davlat idoralari va tadbirkorlik faoliyatida platformadan foydalanish: Platformalardan O‘zbekistondagi davlat idoralari, korxona va tashkilotlari xarid faoliyatini elektron shaklda samarali amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin.

Shaffoflik va samaradorlik: Bunday elektron sotib olish tizimlari shaffoflikni oshirish, hujjatlarni qisqartirish va sotib olish jarayonini optimallashtirishga qaratilgan bo'lib, uni yanada samarali va arzonroq amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

Foydalanuvchilar uchun xizmatlar: Platformalar xarid e'lonlarini joylashtirish, takliflar berish va sotib olish qoidalari va ko'rsatmalari bilan bog'liq ma'lumotlarga kirish kabi xizmatlarni taklif qilishi mumkin.

 

Hammasini ko'rsatish
Tadbirkorlik

Masʼuliyati cheklangan jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish usullari:

-onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali (elektron raqamli imzo olish orqali)

-Istalgan davlat xizmatlari markazi orqali

Taqdim etiladigan hujjatlar:

arizachiningng shaxisni tasdiqlovchi hujjat

Taʼsis hujjatlar (ustav va taʼsis shartnomasi)

Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining

1 baravari. (onlayn tartibda 90 foizi)

Masʼuliyati cheklangan jamiyati 15-30 daqiqada davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning (https://lex.uz/docs/22525), Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 58-72-moddalar (https://lex.uz/docs/111189), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi (https://lex.uz/docs/3111347)

Aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish usullari:

-onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali (elektron raqamli imzo olish orqali)

-Istalgan davlat xizmatlari markazi orqali

Taqdim etiladigan hujjatlar:

arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat

Taʼsis hujjatlar (ustav va taʼsis shartnomasi)

Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. (onlayn tartibda 90 foizi)

Aksiyadorlik jamiyatini 15-30 daqiqada davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

muhr va shtamplar (agar mavjud bo‘lsa);

barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);

agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risidagi tijorat bankining ma'lumotnomasi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ faoliyatni ixtiyoriy to‘xtatish to‘g‘risida ariza tushganidan so‘ng bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali uning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi yo‘qligini, shuningdek, tijorat bankida hisobvaraq ochmaganligini (hisobvaraq ochilmagan deb ko‘rsatilgan bo‘lsa) tasdiqlash uchun so‘rovnoma yuboradi. Bunda davlat soliq xizmati organi so‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga xabarnoma yuboradi.

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ hujjatlar tushganidan keyin bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsga (vakiliga) beriladi yoki pochta orqali jo‘natiladi.

Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuv davlat reyestriga kiritilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch ish kunida:

davlat soliq xizmati organini tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida Tizim orqali xabardor qiladi;

faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsning muhr va shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa) yo‘q qiladi;

litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ularni bergan organlarga yuboradi.

Tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyatining to‘xtatilishi jismoniy shaxsni kreditorlar oldidagi uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlaridan ozod qilmaydi.

Hammasini ko'rsatish
Soliq

•          Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashdan ozod etiladi.

Belgilangan soliq imtiyozlari toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar miqdoriga qarab beriladi:

•          300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;

•          3 million AQSH dollaridan ortiq va 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;

•          10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga.

Alohida soliqlar boʻyicha imtiyozlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga tatbiq etilmaydi. Bu cheklov turizm va chiqindilar bilan bogʻliq sohasida korxonalarga taalluqli emas.

Normativ hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3594-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6191-sonli Farmoni bilan 2021-yilning 1-iyulidan boshlab soliq to‘lovchining identifikasiya raqami (STIR) berish bekor qilindi.

Hozirda soliq organlarida soliq to‘lovchilar hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 13-oktyabrdagi 823-son qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3984545#3997238) vakolatli organ soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab 1 ish soati mobaynida QR-kodli (matrik shtrixli kod) soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylashtiradi hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) ariza beruvchiga (YIDXP yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda) elektron tarzda yuboradi. Ya’ni xizmat avtomatik tarzda ko‘rsatiladi.

Hammasini ko'rsatish