image

O‘zbekistonda Mobile ID dan foydalanish boshlandi!

07.09.2022

“Elektron hukumat” tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile-ID (mobil telefon orqali) sinov tartibida ishga tushdi.

Endi ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) Elektron raqamli imzosiz foydalanishlari mumkin. Faqat buning uchun smartfonimizga my.gov.uz mobil ilovasi yuklab olingan bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz!
MyGov ilovasi Google Play va App Store orqali ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul!

Barcha yangiliklar

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024