image

Advokat litsenziyasi my.gov.uz orqali!

08.08.2022

Hukumat qarori (432-son, 05.08.2022-y.) bilan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko'ra, advokatlik faoliyatini litsenziyalash quyidagi ixtisosliklar bo'yicha amalga oshiriladi:

▫️fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;
▫️ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.

Har bir advokat tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u bo'yicha malaka imtihoni topshirish huquqiga ega. Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq bo'lishi kerak:

▫️O'zbekiston fuqarosi bo'lishi;
▫️oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi;
▫️yuridik mutaxassislik bo'yicha kamida 2 yil ish stajiga ega bo'lishi;
▫️advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka o'tagan bo'lishi;
▫️malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo'lishi.

Talabgor litsenziya olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi. Arizalar har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat'i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Tanlangan har bir ixtisoslik bo'yicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun 3 oy ichida tegishli litsenziyalovchi organ (Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari)ga murojaat qilishi kerak. Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo'yicha cheklanmagan muddatga beriladi va O'zbekistonning butun hududida amal qiladi. Arizani ko'rib chiqish uchun BHMning 50 foizi (150 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi. Yig'im to'langach, ariza avtomatik tarzda talabgorning doimiy yashash joyidagi litsenziyalovchi organga yuboriladi.  Shunga ko'ra, ariza 10 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga xabarnoma yuboriladi. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oydan ortiq bo'lmagan muddatga davlat boji (BHMning 1 baravari – 300 ming so'm) to'laydi. Davlat boji to'langach, talabgorga elektron shaklda QR-kod qo'yilgan litsenziya yuboriladi.   

Mazkur tartib 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
 

Barcha yangiliklar

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024