My.gov.uz da nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir uchta elektron davlat xizmati ishga tushirildi. Davlat tomonidan yiliga 500 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlarga:
- kasbga o‘qitish;
- o‘qish davrida yashash va transport xarajatlarini qoplash;
- asbob-uskunalar va mehnat qurollari xaridi uchun subsidiya ajratiladi.
Nogironligi bo‘lgan har bir yosh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha ajratiladi. Talabgor ushbu imtiyozdan foydalanish uchun hech qayerga bormaydi. My.gov.uz orqali masofadan ro‘yxatdan o‘tib, ariza yuboradi. Subsidiya ajratilishi bo‘yicha xabarnoma ham belgilangan muddatda onlayn taqdim etiladi. Istalgan xorijiy til yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha, shuningdek, kasbga o‘rgatish hamda IT yo‘nalishidagi o‘quv kurslari to‘lovlari uchun ham subsidiya olish mumkin.
Хizmatlardan onlayn foydalaning va bizni kuzatishda davom eting!
Yana 3 ta yangi xizmat: imtiyoz, imkoniyat va qulayliklari bilan!
01.08.2022
Barcha yangiliklar
Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz
13.05.2024My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin
09.05.2024Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.
29.04.2024Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.
24.04.2024Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi
16.04.2024