image

Sotib olmoqchi boʼlgan hovli-joyingiz "Snos"ga tushmaganmikin?

07.06.2022

Endi buni osongina aniqlashtirish mumkin.

Uy-joy buzilishga tushgan yoki tushmaganligi (Snos) toʼgʼrisidagi maʼlumotnomani my.gov.uz orqali onlayn oling.

Buning uchun “Koʼchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma berish” xizmatini tanlab, boʼsh kataklarga kadastr raqami va bino nomini yozsangiz boʼlgani. 

Xizmat pullik (15000 soʼm) va albatta my.gov.uz dan foydalanganda (13500 soʼm) 10% chegirma mavjud. 

Xizmat koʼrsatish muddati 3 kun.

Ushbu qulaylik hovli-joy sotib olayotganda, uyni kapital taʼmirlayotganda juda qoʼl keladi.

Muhimi, koʼngil xotirjam boʼladi.

My.gov.uz - ishonchli, qulay va tezkor!

Barcha yangiliklar

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024