image

“Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish” nega kerak?

24.01.2022

Umra safariga otlangan bir yurtdoshimiz hamma hujjatlarini to‘g‘rilab, qo‘liga biletini oldim deganida, uning nomiga “yo‘q joydan” katta qarzdorlik chiqib kelibdi. Aniqlashtirsa, bu qachonlardir unga tegishli bo‘lgan, biroq yangi egasi o‘z nomiga to‘liq rasmiylashtirmagan xizmat inshootining yillar davomida to‘planib qolgan to‘lovlari ekan...

Agar bilsangiz, ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelib, qarzdorga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilsa, sud tomonidan uning chet elga chiqishi taqiqlanishi yoki mol-mulki xatlanishi mumkin. Ya’ni qarzdor muammoni tezroq hal qilmasa, chet elga chiqolmaydi.

Bu kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish uchun my.gov.uz da “Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish” xizmati joriy etilgan.

Majburiy ijro byurosiga o‘tkazilgan qarzdorlik mavjud yoki yo‘qligi haqida oldindan xabardor bo‘lish, siz tomoningizdan noto‘g‘ri deb topilgan qarzdorlik haqida batafsil ma’lumot olish hamda mas’ul ijrochilar bilan bog‘lanib, xatolikni bartaraf etish uchun xizmatdan foydalanib ko‘ring.

Buning uchun sizdan hech qanday ma’lumot ham, xarajat ham talab etilmaydi.

Batafsil ma’lumot bilan quyidagi videoyo‘riqnoma orqali tanishing: https://youtu.be/G2JtvgVs60k

Barcha yangiliklar

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024