image

Bizda yoshlar uchun yangiliklar bor!

17.12.2021

Bizda yoshlar uchun yangiliklar bor!

Bugungi sarmoya ertaga o‘z mevasini berishi shubhasiz.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida talaba-yoshlar, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlar uchun yangi xizmatlar joriy etildi.

Ya’ni my.gov.uz orqali «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun iste’mol kreditlarini ajratish va ularning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishga ariza yuborish mumkin.

Buning uchun ikki tomonlama kompyuter oldi-sotdi shartnomasi nusxasi bo‘lsa bas. Ariza 3 kundan 5 ish kunigacha ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish uchun ariza ham my.gov.uz manzili orqali qabul qilinadi.

Bunda uch tomonlama shartnoma va to‘lov qog‘ozi nusxasi bo‘lsa kifoya. Ariza 15 kundan 30 kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Har ikkala xizmat ham mutlaqo bepul.

Barcha yangiliklar

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024