image

2023-yil my.gov.uz portalida ishga tushirilgan qaysi xizmatlardan eng koʻp foydalanilgan?

29.04.2023

Aholi tobora qulaylikka intilib, koʻp ishlarni uydan chiqmagan holda yoki ish joyidan turib bitirmoqda. Shu jihatdan my.gov.uz xizmatlaridan foydalanuvchilar soni ham ortib boryapti. Buni fuqarolarimizga yil boshidan buyon my.gov.uz orqali 4,5 mln.dan ortiq xizmatlar koʻrsatilgani va portalda 40 turdagi yangi elektron xizmatlar ishga tushirilganidan ham anglash mumkin.

Aholi va tadbirkorlarimizning 2023-yilda ishga tushgan xizmatlardan eng koʻp foydalanish TOP-5 taligi:

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish;

Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun ariza berish;

Notarial harakatlar tarixi bilan tanishish;

Bino va inshootlar mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

Shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini rasmiylashtirishga ariza topshirish

 Yaqin kunlarda my.gov.uz portalida “Taʼlim kreditini berish” hamda “Yuridik shaxslar uchun kredit tarixini olish” xizmatlari ham ishga tushiriladi.

 

Barcha yangiliklar

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024