image

Imtiyozli transport kartasini my.gov.uz orqali oling!

27.02.2023

Imtiyozli transport kartasini my.gov.uz orqali oling!

Buning uchun my.gov.uz dagi “Shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini rasmiylashtirishga ariza berish” xizmatini tanlaysiz.

Oferta shartlari bilan tanishgach, tanlash koʻrsatilgan maydonlarni toʻldirasiz, yuborish tugmasini bosasiz.

Ariza 3 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Xizmat mutlaqo bepul koʻrsatiladi.

Bunday karta egalari respublikamizning barcha hududlaridagi shahar yoʻlovchilar transportida (trolleybus, avtobus, tramvay, metro) bepul yurish huquqiga ega.

Imtiyozli transport kartasi kimlarga beriladi?

- 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari;

- 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari;

- 1941—1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati
va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar;

- Afgʻoniston Respublikasida va boshqa mamlakatlar hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar;

- haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt boʻyicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;

- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;

- nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslarga.

Imtiyozli transport kartasi cheklanmagan muddatga beriladi.

Undan boshqa shaxslarning foydalanishi taqiqlanadi.

Eslatma: 2023-yil 1-maygacha faqat Toshkent va Samarqand shaharlarida amalda boʻluvchi bu imkoniyat mazkur muddatdan keyin respublikaning barcha shaharlarida bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyilib, imtiyozli transport kartalari oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi va egalariga topshiriladi.

Barcha yangiliklar

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024