image

Uyingizni ortiqcha ovoragarchiliksiz ijaraga bering

27.01.2023

My.gov.uz dagi “Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish (https://my.gov.uz/oz/service/376)” xizmati tufayli koʻchmas mulkni uydan chiqmagan holda ijaraga berish mumkin.

Xizmat mutlaqo bepul koʻrsatiladi. Koʻp vaqt ham olmaydi.

Muhimi, shartnomani har ikki tomon masofadan turib imzolaydi.

Buning uchun:

-Ijaraga beruvchi tegishli xizmatni tanlab, soʻralgan maʼlumotlarni toʻldiradi.

-Ijaraga oluvchiga identifikatsiya kodini yuboradi.

-Ijaraga  oluvchi ham tegishli xizmatni tanlab, soʻralgan maydonga identifikatsiya kodini yozish orqali arizani davom ettiradi.

-Shartnoma avtomatik ravishda tuziladi hamda uni yuklab olish imkoniyati mavjud.

Agar ijaraga turuvchi talaba boʻlsa, ijara toʻlovining 50 foizi qoplab beriladi (lekin qaytariladigan summa 1 BHM dan oshmasligi kerak). Uy egasining esa ijaraga berishdan olinadigan daromadiga soliq solinmaydi.

Barcha yangiliklar

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024