image

My.gov.uz chempionlar yetishtirayotgan murabbiylar bilan faxrlanadi

06.12.2022

Mamlakatni dunyoga tanitishda sportning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham yurtimizda sportga bo‘lgan e’tibor katta va sportchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar bisyor. Bizni, ayniqsa, chempionatlardagi bokschilarimizning “nokautli” g‘alabalari, shaxmatchilarimizning “mot” qiluvchi “yurishlari” quvontirmoqda. Har safar O‘zbekiston bayrog‘i yuqoriga ko‘tarilganida takror-takror to‘lqinlanib, faxr va iftixor tuyg‘usini his qilishimizga sababchi bo‘lmoqda. Mana shu erishilayotgan yutuqlarda esa ustoz-trenerlarning ham hissasi katta.

My.gov.uz da sport murabbiylari uchun elektron davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalari onlayn tarzda aynan my.gov.uz orqali beriladi.

Jumladan:

Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchisi uchun oliy malaka toifasini olishga ariza yuborish

Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish;

Sport-ta’lim muassasalarining yo‘riqchi-uslubchisi uchun oliy malaka toifasini olishga ariza yuborish;  

Sport-ta’lim muassasalarining yo‘riqchi-uslubchisi uchun birinchi yoki ikkinchi malaka toifasini olishga ariza yuborish.

Bo‘sh kelmang, murabbiylar va chempionlar! Biz siz bilan birgamiz!

My.gov.uz bilan tejalgan vaqtni esa sportimizni yanada rivojlantirishga sarflayvering!
 

 

Barcha yangiliklar

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024