image

Ish staji va ish haqi to‘g‘risida arxiv ma’lumotnomasi kerakmi?

12.11.2022

Endi buning uchun “O‘zarxiv” agentligiga borish, navbat kutish shart emas.

Kompyuter yoki telefon qurilmamiz orqali ham ma’lum bir tashkilotda ishlagan davrimizdagi ish haqi va ish stajiga oid ma’lumotnomani onlayn olsak bo‘ladi.

 Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Shunchaki, my.gov.uz ga kirib:
“Ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish” xizmati tanlanadi;
xizmat turi belgilanadi;
shaxsga doir ma’lumotlar ko‘zdan kechiriladi;
arizachi faoliyat ko‘rsatgan tashkilot ma’lumotlari qo‘shiladi va yuborish tugmasi bosiladi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma – 5 ish kuni;
ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma – 20 ish kunidan oshmaydi.

Ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanish mutlaqo bepul.

 

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024