Ҳурматли фойдаланувчилар! Портал фаолияти бўйича техник носозликлар юзасидан 1242 алоқа марказига мурожаат қилишингизни сўраймиз.

Magistratura

Ҳолати: Янги   Тоифа: Савол

MIRZAYEV BEKMURODJON DILMUROD O‘G‘LI
2018.07.20 06:23:33

Assalomu alaykum! Men Mirzayev Bekmurodjon Andijon davlat universiteti bitiruvchisiman. 2017-yilgi "Navoiy davlat stipendiyasi" sovrindoriman. Murojaat yozishdan maqsad magistraturaga hujjat topshirishdagi muammoni hal qilib berishlaringizni so'ramoqchiman. 17.07.2018 kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiga magistratura bosqichiga hujjat topshirgani bordim. Ammo ular hujjatlarimni qabul qilishmadi. Men Xorijiy til va adabiyot fransuz tili yo'nalishini tamomladim. Ammo bu yo'nalish shrift raqami asosida magistratura bosqichi ochilmagan. Oldingilar barchasi Lingvistika (fransuz tili) yo'nalishida davom ettirishgan. Qabuldagilar vazirlikdan turdosh yo'nalishlarni qabul qilish haqida buyruq bermasa biz dokumentlarini qabul qilmaymiz deyishdi. Iltimos shu masalaga oydinlik kiritib beringlar. Chunki yaqinda qabul muddati ham tugaydi. Rahmat!

Ҳеч нима топилмади.